O‘zbekistonda bepul yuridik yordam kafolatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda bepul yuridik yordam kafolatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda bepul yuridik yordam kafolatlari kengaytirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda kam taʼminlangan fuqarolarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda. Bu borada bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, kam taʼminlangan shaxslar, agar ular muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy sudga murojaat etganda davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi so‘rov “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan, Konstitutsiyaviy sudga shikoyat bilan murojaat etgan fuqaroning iltimosiga ko‘ra Konstitutsiyaviy sud tomonidan yuboriladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling