O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq egizak tug‘ilish holati qayd etildi
O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq egizak tug‘ilish holati qayd etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda 4 ming 231 ta egizak tug‘ilish holati ro‘yxatga olindi. Bu davrda mamlakat bo‘yicha jami 191 ming 86 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloq qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
Umumiy tug‘ilishlar sonidan 186 ming 723 tasi yakka homilali tug‘ruqlarni tashkil etgan. Egizaklar 4 ming 231 ta holatda qayd qilingan. Uch egizak va undan ortiq bola tug‘ilishi esa 132 marta ro‘yxatga olingan.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘g‘il bolalar 98,5 ming nafarni yoki umumiy sonning 51,5 foizini tashkil etgan. Qiz bolalar esa 92,6 ming nafar yoki 48,5 foizni tashkil qildi.
Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 23 ming 120 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Keyingi o‘rinda 21 ming 563 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan Farg‘ona viloyati joylashgan.
Qashqadaryo viloyatida esa 21 ming 292 ta tug‘ilish qayd etilgan.