O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Xitoy quyosh energiyasi bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 12.05.2025 · 21:55 · 636 views
O‘zbekiston va Xitoy quyosh energiyasi bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Xitoy quyosh energiyasi bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning “Dongfang Electric Corporation” kompaniyasi loyihalar bo‘yicha direktori Wu Hao boshchiligidagi delegatsiya “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari hamrohligida “Techno Cable Group” korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — “Dongfang Electric Corporation” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yashil energetika loyihalariga mahalliy kabel-sim mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, mahsulotlarning turlari, sifati va xalqaro talablar darajasiga mosligini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Qayd etish joiz, kompaniya ayni paytda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda.

Tashrif davomida mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari va mavjud mahsulot assortimenti bilan tanishdilar. Texnik jihatlar, hamkorlik mexanizmlari va yetkazib berish shartlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muzokaralar ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bozorlar ochish va milliy sanoat salohiyatini xorijiy loyihalarga jalb etishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.