Iqtisod

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, yetakchilar huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan, Ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnoma, Iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tabiiy ofatlarni boshqarish, ilm-fan va innovatsiyalar, tinch atom sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo kelishuvlar almashildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.