O‘zbekiston

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov suhbat o‘tkazdilar.

Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar va ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

So‘ng Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.