O‘zbekiston va Telangana shtati hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Telangana shtati hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Telangana shtati hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hindistonga rasmiy tashrifi doirasida Hindistonning Telangana shtati bosh vaziri o‘rinbosari Mallu Bhatti Vikramarka bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, investitsiyalar va sanoatni rivojlantirish sohalarida O‘zbekiston–Hindiston hamkorligini yana-da mustahkamlash istiqbollari, shuningdek O‘zbekiston va Telangana shtati o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sardor Rustambayev ham ishtirok etib, Mallu Bxatti Vikramarkani O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling