Baxtiyor Saidov Gambiyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Baxtiyor Saidov Gambiyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi / Surat: O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 27 iyul kuni Gambiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alkali Fanka Kontexning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. O‘zbekiston Afrika davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratadi va Gambiya bilan hamkorlik qilish uchun hali to‘liq ishga solinmagan salmoqli salohiyat mavjud, deb hisoblaydi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘zbekiston tomoni Alkali Fanka Kontexning diplomatik faoliyati ikki tomonlama munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.