O‘zbekiston va SwissCham ASIA biznes hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi
O‘zbekiston va SwissCham ASIA biznes hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Jeneva shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va SwissCham ASIA o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va SwissCham ASIA prezidenti doktor Urs Lustenberger imzo chekdi.
Memorandum doirasida tomonlar investitsiyalarni jalb qilish, savdo aloqalarini kengaytirish, biznes-forumlar va biznes-missiyalar tashkil etish, shuningdek tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Tomonlar 2026 yil uchun sog‘liqni saqlash, energetika, turizm va taʼlim sohalarini ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab oldi. Shuningdek, xalqaro investitsiyalarni jalb etish, innovatsion yechimlarni joriy qilish va qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Yevropa va Osiyo bozorlarida yangi imkoniyatlar yaratish, xalqaro sheriklar doirasini kengaytirish va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.