O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

UzDaily · 30.01.2025 · 21:00 · 1434 views
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammadali Iskandariyni qabul qildi.

Uchrashuvda raqamlashtirish jarayonidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, tomonlar tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va kompaniyalar o‘rtasidagi sheriklik mexanizmlari bo‘yicha takliflar almashdi.

Shuningdek, uchrashuvda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama tashabbuslarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi.

Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi IT hamkorlikga xizmat qilishi ta’kidlandi.

UzDaily · 👁 1434 views · 30.01.2025 · 21:00