O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O'zbekiston va Endeavor Mining yangi loyihalarni muhokama qilishdi

UzDaily · 16.06.2026 · 11:50 · 28 views
O'zbekiston va Endeavor Mining yangi loyihalarni muhokama qilishdi

O'zbekiston va Endeavor Mining yangi loyihalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 15-iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Britaniyaning “Endeavour Mining” kompaniyasi investitsiyalar boʻyicha vitse-prezidenti Eduardo Formozo Etcharte bilan uchrashdi.

“Endeavour Mining” - Gʻarbiy Afrikada oltin konlarini oʻzlashtirish boʻyicha yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan nufuzli xalqaro kon-metallurgiya kompaniyasidir.

Muzokaralar chogʻida tomonlar Oʻzbekistondagi istiqbolli konlarni oʻzlashtirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Muloqot ishtirokchilari hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasidagi galdagi qadamlarni belgilashga alohida eʼtibor qaratib, foydali qazilmalarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida izchil muloqotni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Tomonlar loyihalarning texnik va moliyaviy jihatlarini birgalikda ishlab chiqish hamda keyingi bosqichlarga oʻtishni jadallashtirishga kelishib oldilar.

UzDaily · 👁 28 views · 16.06.2026 · 11:50