Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va Avstriya hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Avstriya parlamentida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Federal kengash raisi Markus Shtotter va Milliy kengash raisi Valter Rozenkrans bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi, shuningdek, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, jumladan, jamiyatni demokratlashtirish va davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish jarayonlariga alohida eʼtibor qaratildi.