O‘zbekiston U23 OCHda 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U23 OCHda 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U23 OCHda 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vyetnamda 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning grek-rim kurashi dasturidagi birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqa yakunlariga ko‘ra ikki oltin, bir kumush va bir bronza medalga sazovor bo‘ldi.

67 kilogrammgacha vazn toifasida Aytjan Xalmaxanov va 77 kilogrammgacha bo‘lgan toifada Abdullo Aliyev chempionlikni qo‘lga kiritib, oltin medal sohibiga aylandi.

82 kilogrammgacha vazn toifasida Azimjon Soatullayev kumush medalni qo‘lga kiritdi. 72 kilogrammgacha bo‘lgan toifada esa Shahzod Qo‘chqorov bronza medalga ega chiqdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 23 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi qitʼa chempionatidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling