O‘zbekiston U17 Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, D guruhida birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston U17 Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, D guruhida birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston U17 Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, D guruhida birinchi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo kubogining guruh bosqichini D guruhida birinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa musobaqadagi ikkinchi uchrashuvida Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Avstraliya terma jamoasiga qarshi bahsda O‘zbekiston jamoasi ustunlik qildi va hisob 28-daqiqada ochildi. Mirkomil Murodov chap qanotda to‘pni qabul qilib, aniq zarba bilan uni darvozaning o‘ng burchagiga yo‘lladi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida, 45-daqiqada O‘zbekistonning ustunligini Axror Ravshanbekov ikki baravarga oshirdi. Chap qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida u markaziy hududda to‘pni qabul qilib, taxminan olti-yetti metr masofadan darvozaga aniq zarba berdi.

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi olti ochko to‘plab, D guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Avstraliya jamoasi uch ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi.

Turnirning chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi C guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Avstraliya esa ushbu guruh g‘olibi bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 16 may kuniga belgilangan.

Avvalroq O‘zbekistonning 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling