O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston U-20 CAFA turnirida ikki g‘alabaga erishdi

Dilafro'z Niyazova · 14.05.2026 · 20:50 · 725 views
O‘zbekiston U-20 CAFA turnirida ikki g‘alabaga erishdi
O‘zbekiston U-20 CAFA turnirida ikki g‘alabaga erishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi CAFA U-20 Championship turnirini muvaffaqiyatli boshlab, musobaqaning dastlabki ikki turida ketma-ket ikki g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi jamoa ilk uchrashuvda Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Ulug‘bek Maratov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa 77-daqiqada Sodikov gol urib, O‘zbekiston jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Ikkinchi turda ham O‘zbekiston terma jamoasi ishonchli g‘alabaga erishib, Afg‘oniston jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub qildi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Nurbek Sarsenbayev hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Sodikov ikkinchi golni kiritdi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi turnirdagi navbatdagi bahsini 17 may kuni Tojikiston U-20 jamoasiga qarshi o‘tkazadi.