O‘zbekiston U-17 termasi Yamanni mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-17 termasi Yamanni mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-17 termasi Yamanni mag‘lub etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi Sergey Chigodayev boshchiligida Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida Yaman milliy terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yin 2:1 hisobida o‘zbek futbolchilarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv yopiq formatda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston jamoasi safida Jahongirmirzo O‘ktamboyev 12-daqiqada, Ahror Ravshanbekov esa 78-daqiqada gol urdi. Yaman jamoasining yagona goli 85-daqiqada penaltidan kiritildi.

O‘yin davomida murabbiylar shtabi barcha futbolchilarga maydonda imkoniyat berib, ularning jismoniy tayyorgarligi va o‘yin qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa turnirdagi ilk o‘yinini 10 may kuni Hindiston termasiga qarshi o‘tkazadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling