O‘zbekiston U-17 Osiyo kubogi chorak finalida Koreyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston U-17 Osiyo kubogi chorak finalida Koreyaga qarshi o‘ynaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Osiyo kubogida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-17 o‘smirlar terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniqlandi. Sergey Chigodayev boshchiligidagi jamoa Koreya Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston jamoasining raqibi C guruhi uchrashuvlari yakunlariga ko‘ra maʼlum bo‘ldi. Koreya Respublikasi terma jamoasi Yaman bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi, Vyetnam esa BAA ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Guruh bosqichi natijalariga ko‘ra, Vyetnam olti ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Koreya Respublikasi esa besh ochko to‘plab, pley-off bosqichiga ikkinchi o‘rin bilan yo‘l oldi.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi 16 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.