O‘zbekiston U-16 UEFA Development Cup‘ni mag‘lubiyat bilan boshladi

O‘zbekiston U-16 UEFA Development Cup‘ni mag‘lubiyat bilan boshladi

O‘zbekiston U-16 UEFA Development Cup‘ni mag‘lubiyat bilan boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi Shimoliy Makedoniyada bo‘lib o‘tayotgan UEFA Development Cup turnirida ishtirokini mag‘lubiyat bilan boshladi.

Musobaqadagi ilk uchrashuvda o‘zbekistonliklar Turkiya terma jamoasiga 0:4 hisobida yutqazdi. O‘yinning borishiga 14-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Almaz Ayupovning maydondan chetlatilishi jiddiy taʼsir ko‘rsatdi.

Ayder Kurbayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 jamoasi musobaqadagi ishtirokini keyingi turlarda davom ettiradi. 17 aprel kuni jamoa mezbonlar — Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi, 20 aprel kuni esa Shimoliy Irlandiya jamoasi bilan kuch sinashadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling