O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston TIVda Belarus bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Dilafro'z Niyazova · 12.02.2025 · 13:00 · 615 views
O‘zbekiston TIVda Belarus bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston TIVda Belarus bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Belarus Respublikasining yaqinda tayinlangan elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zbek-belarus hamkorligining bugungi holati va uning yana-da rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi. Suhbatda ikki tomonlama aloqalarning asosiy yo‘nalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, joriy yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar taqvimi yuzasidan fikr almashildi.