O‘zbekiston

O‘zbekiston TIV rahbari Belgiya elchisining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

O‘zbekiston TIV rahbari Belgiya elchisining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Belgiya elchisining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi / Foto: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 10 sentyabr kuni Belgiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Matias Kendening ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar Belgiya Elchixonasining Toshkentda o‘z faoliyatini boshlashi ikki tomonlama munosabatlarni yana-da rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Siyosiy muloqotni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar munosabatlarni ikki tomonlama darajada, shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi doirasida rivojlantirishni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Baxtiyor Saidov Matias Kendega O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.