O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida ikki kumush medal oldi

UzDaily · 17.05.2026 · 22:15 · 603 views
O‘zbekiston slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida ikki kumush medal oldi

O‘zbekiston slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida ikki kumush medal oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Sian shahrida o‘tayotgan slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi medallar hisobini yana ikki kumush medal bilan boyitdi.

Har ikki medal jamoaviy bahslarda qo‘lga kiritildi. Baydarkachilar o‘rtasidagi K1 dasturida J. Temirg‘aliyev, P. Yeygel va S. Saydullayev kumush medal sohibiga aylandi.

C1 toifasidagi kanoe bahslarida esa A. Klevleyev, Sh. Qurbonaliyev va I. Nosirjonov ikkinchi o‘rinni egalladi.

Har ikki dasturda ham o‘zbekistonlik sportchilar faqat musobaqa mezbonlari — Xitoy terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, qitʼa chempionatining kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

 

UzDaily · 👁 603 views · 17.05.2026 · 22:15