O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi boshlandi

Dilafro'z Niyazova · 24.06.2025 · 15:58 · 618 views
O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi boshlandi
O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.

Davlatimiz rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan "Buyant-Uxaa" aeroportida oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston muzokaralari bo‘lib o‘tadi.