Iqtisod

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Xitoyga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda “China Gold”, “China Coal Resources”, “China Datang Corporation”, “Tianjin Rail Transit Group”, “Poly Changda”, “Tianjin Urban Construction”, “Jinchuan Group”, “China Synfuels”, “Jinchuan”, “ST Wonderful”, “Mizuda”, “World Agriculture”, “Dongzhu Ecology” va boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘tgan yilning o‘zida investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi.

Uchrashuvda energetika, geologiya, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyo, zargarlik sanoati, jamoat transportini modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.