O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Tojikistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Tojikistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti Tojikistonga jo‘nab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari 9-10-oktyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tadbirlar kun tartibidan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.