O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Joriy yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni ijrosi muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Iordaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.