Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston metropoliteni 76,6 mln yo‘lovchi tashidi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–mart oylarida O‘zbekiston metropoliteni 76,6 mln nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida keltirilgan.
Ko‘rsatkich mamlakatda yerosti jamoat transportiga bo‘lgan talabning barqaror o‘sib borayotganini aks ettirmoqda.
2025 yilning shu davriga nisbatan yo‘lovchi tashish hajmi 9,1 foizga oshgan. Bu esa metropolitendan shahar transportining asosiy turlaridan biri sifatida foydalanish ko‘lami kengayib borayotganini ko‘rsatadi.