O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi

Dilafro'z Niyazova · 28.03.2025 · 14:45 · 791 views
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (O‘zTMK) jahon miqyosida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lib, volfram sanoatining eng nufuzli tashkiloti – Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasi (ITIA)ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ushbu tashkilotga qo‘shilgan ilk davlat sifatida tarixga kirdi. 

A’zolik O‘zTMKga global bozor ma’lumotlari va tahlillaridan foydalanish, statistik hisobotlarni olish hamda yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.