O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston konsulxonasi Oltoy o‘lkasidagi holatga izoh berdi

UzDaily · 15.06.2026 · 17:50 · 25 views
O‘zbekiston konsulxonasi Oltoy o‘lkasidagi holatga izoh berdi

O‘zbekiston konsulxonasi Oltoy o‘lkasidagi holatga izoh berdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi ijtimoiy tarmoqlarda Oltoy o‘lkasining Biysk shahridagi qurilish obyektida O‘zbekiston fuqarosi majburiy mehnatga jalb qilingani haqida tarqalayotgan maʼlumotlarga munosabat bildirdi.

Konsulxona maʼlumotiga ko‘ra, muassasa vakillari xabarlarda tilga olingan 2002 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bilan zudlik bilan bog‘langan.

Suhbat davomida aniqlanishicha, yigit 2026 yil may oyi oxirida qurilish obyektiga kelgan. Qayd etilishicha, ish beruvchi tomonidan zarur hujjatlar, jumladan patent rasmiylashtirilgan, shuningdek uning ish joyiga ko‘chib kelish bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplangan.

Hozirgi vaqtda Bosh konsulxona fuqaroning hujjatlarini qaytarish, shuningdek uni Vatanga qaytarish uchun aviachiptalar xarid qilish masalasini hal etmoqda.

Diplomatik vakolatxonada vaziyat alohida nazoratga olingani taʼkidlandi hamda ommaviy axborot vositalari tekshirilmagan maʼlumotlarni eʼlon qilishdan tiyilishga chaqirildi.

UzDaily · 👁 25 views · 15.06.2026 · 17:50