O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining sobiq o‘rinbosari garov evaziga ozod etildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining sobiq o‘rinbosari garov evaziga ozod etildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining sobiq o‘rinbosari garov evaziga ozod etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev garov evaziga qamoqdan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, ayblanuvchi davlatga yetkazilgan zararni qoplaganidan so‘ng ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan. Zarar summasi 200 milliard so‘mdan oshgan va naqd pul ko‘rinishida to‘langani aytilmoqda.

Shundan so‘ng sud qamoqda saqlash chorasini yengilroq ehtiyot chorasi — garovga almashtirish haqida qaror qabul qilgan.

Bekmurod Abdullayev avval Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan va o‘tgan yil noyabrida lavozimidan ozod etilgan.

Keyinchalik u davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida katta miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish holatlari bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida ushlangani haqida xabar qilingan.

Shu bilan birga, ushbu ish doirasida Jazoni ijro etish departamentining sobiq boshlig‘i Rustam Tursunov ham tilga olingan bo‘lib, u ham o‘sha davrda lavozimidan ozod etilgan.

Manbalarga ko‘ra, Rustam Tursunov hali ham qamoqda saqlanmoqda va unga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling