O‘zbekiston gimnastlari JCH bosqichida 5 medal oldi
O‘zbekiston gimnastlari JCH bosqichida 5 medal oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Challenge Jahon kubogi bosqichida musobaqaning dastlabki g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. O‘zbekiston vakillari turli darajadagi beshta medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik gimnastlar birta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Halqalardagi mashqlar dasturida Axrorxon Temurxonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Erkin mashqlarda Xumoyun Islomov va sport otida mashqlarida Mansur Rahmatov kumush medal sohibiga aylandi.
Ozotilla Abdurasulov halqalardagi mashqlarda, Shahribonu Yusufova esa tayanch sakrashi dasturida bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana ikki medalni taqdim etdi.