O‘zbekiston doimiy aholisi 38 million nafarga yetdi
O‘zbekiston doimiy aholisi 38 million nafarga yetdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 28 avgust kuni soat 9:35 holatiga O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 38 000 000 kishiga yetdi.
Aholining jins bo‘yicha tuzilishi quyidagicha:
- Erkaklar – 19 136 800 nafar
- Ayollar – 18 863 200 nafar
Shu tariqa, mamlakatda erkaklar soni ayollar sonidan 273 600 nafarga ko‘p.
Dunyo bo‘yicha o‘rtacha tug‘ilish darajasi bir ayolga 2,2 nafar bolani tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich bir ayolga o‘rtacha 3,5 nafar boladan to‘g‘ri kelmoqda.
Jahon tendensiyalaridan farqli o‘laroq, mamlakatimizda bu ko‘rsatkich 2012 yildan buyon jadal o‘sishda davom etmoqda (o‘shanda bu ko‘rsatkich 2,3 edi).
UzDaily
·
👁 667 views
·
28.08.2025 · 17:31