O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning yetakchi tibbiyot markazida uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning yetakchi tibbiyot markazida uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning yetakchi tibbiyot markazida uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyurdi.

Safar doirasida Xitoy tibbiyot fanlari akademiyasiga qarashli “Fuvay” tibbiyot markazida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda kardiologiya hamda pediatriya sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Xorijiy xitoyliklar xayriya jamg‘armasi rahbariyati bilan sohada amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirishning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida mazkur tashkilot tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga jarrohlik avtomobilini gumanitar yordam sifatida taqdim etish bo‘yicha bitim imzolandi.

Shuningdek, delegatsiyamiz “Fuvay” shifoxonasining Yunnan provinsiyasidagi tibbiyot markazida qo‘llanilayotgan ilg‘or muolaja usullari bilan tanishadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling