O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston Bosh vaziri Qozog‘istonga tashrif buyuradi

Dilafro'z Niyazova · 29.01.2025 · 23:00 · 749 views
O‘zbekiston Bosh vaziri Qozog‘istonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Bosh vaziri Qozog‘istonga tashrif buyuradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 30-31-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmaota shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi.

Qozog‘iston Respublikasiga tashrif dasturidan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida kuzatuvchi maqomida qatnashish, “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumining yalpi majlisida nutq so‘zlash hamda boshqa davlatlar hukumat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.