O'zbekiston AMEA Power bilan yangi energetika loyihalarini ishga tushirdi
O'zbekiston AMEA Power bilan yangi energetika loyihalarini ishga tushirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va BAAning “AMEA Power” kompaniyasi tomonidan yurtimizdagi yana bir yirik energetika loyihasi qurilishiga start berildi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida qiymati 86,1 mln dollar bo‘lgan 150 MVt quvvatli (300 MVt·soat) energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi.
Bundan tashqari kelgusida ushbu Hamkor bilan birgalikda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 200 MVt quvvatli (800 MVt·soat) energiya saqlash stansiyasi barpo etish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 200 mln dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida esa qiymati 1,06 mlrd dollar bo‘lgan 1 000 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi va 40 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini qurish loyihasi ham amalga oshirmoqda.
Mazkur loyihalar yurtimiz energetika infratuzilmasini yanada mustahkamlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish hamda energiya ta’minoti barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.