O‘zbekiston aholisi 38,3 mln nafardan oshdi
O‘zbekiston aholisi 38,3 mln nafardan oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 382,7 ming nafarni tashkil etdi, bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga yoki 684,9 ming nafarga ko‘pdir.
Statistika maʼlumotlariga ko‘ra, shahar hududlarida 19 541,3 ming nafar yoki aholining 50,9 foizi, qishloq joylarda esa 18 841,4 ming nafar (49,1 foiz) istiqomat qiladi. Erkaklar soni 19 331,1 ming nafar (50,4 foiz), ayollar esa 19 051,6 ming nafarni (49,6 foiz) tashkil etgan.
Aholi zichligi har bir kvadrat kilometrga 85,5 nafarga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 1,5 nafarga oshdi.
2026 yil yanvar–mart oylarida mamlakatda 191,1 ming tirik tug‘ilish qayd etildi, bu 20,2 promille tug‘ilish koeffitsiyentiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan yangi tug‘ilganlar soni 7 ming nafarga kamaygan.
Tug‘ilganlar orasida 98,5 ming nafar o‘g‘il bolalar (51,5 foiz), 92,6 ming nafar qiz bolalarni (48,5 foiz) tashkil etdi. Shaharlarda 93,7 ming, qishloq joylarda esa 97,4 ming bola tug‘ilgan.
Shu davrda 43,5 ming o‘lim holati qayd etildi, o‘lim koeffitsienti ming kishiga 4,6 ni tashkil etadi. O‘tgan yilga nisbatan ko‘rsatkich 2,1 ming nafarga oshgan. Vafot etganlar orasida 24,3 ming nafar erkaklar (55,8 foiz), 19,2 ming nafar ayollar (44,2 foiz) bo‘lgan.
Shaharlarda 23,9 ming, qishloq joylarda esa 19,6 ming o‘lim holati qayd etilgan.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan nikohlar soni 42,3 mingtani tashkil etib, nikoh koeffitsiyenti 4,5 bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan nikohlar soni 1,5 mingtaga kamaygan.
Ajrimlar soni 12,7 mingtani tashkil etdi, ajrim koeffitsiyenti 1,3 promille bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,2 mingtaga ko‘pdir. Shaharlarda 7,6 ming, qishloq joylarda esa 5,1 ming ajrim qayd etilgan.
Migratsiya maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–mart oylarida mamlakatga 80 159 nafar kelgan, shundan 79 438 nafari ichki migrantlar, 721 nafari esa xorijdan kelganlardir.
Ushbu davrda jami 81 715 nafar mamlakatdan chiqqan bo‘lib, ulardan 79 438 nafari mamlakat ichida ko‘chgan, 2 277 nafari esa xorijga ketgan.