O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbek hakamlari JCH–2026dagi ilk o‘yinga tayinlandi

UzDaily · 17.06.2026 · 09:15 · 28 views
O‘zbek hakamlari JCH–2026dagi ilk o‘yinga tayinlandi

O‘zbek hakamlari JCH–2026dagi ilk o‘yinga tayinlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatidagi ilk tayinlovni oldi va guruh bosqichidagi Shotlandiya hamda Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvning bosh hakami etib Ilgiz Tantashev tayinlandi. Unga yon chiziqlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. O‘yin 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da bo‘lib o‘tadi.

Shotlandiya — Marokash uchrashuvi jahon chempionatida o‘zbek hakamlar brigadasi xizmat ko‘rsatadigan ilk o‘yin bo‘ladi.

UzDaily · 👁 28 views · 17.06.2026 · 09:15