O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘rtachirchiq tumanida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasi chaqnashi to‘g‘risida ma’lumot

Dilafro'z Niyazova · 05.12.2024 · 14:12 · 825 views
O‘rtachirchiq tumanida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasi chaqnashi to‘g‘risida ma’lumot
O‘rtachirchiq tumanida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasi chaqnashi to‘g‘risida ma’lumot

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-dekabr kuni soat 07:46 da Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, “Kim Pen Xva” MFY, Qutb Yulduzi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.