O‘rmon xo‘jaligi agentligiga yangi direktor tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori lavozimiga Erkin Muxitdinov tayinlandi.
Ushbu lavozimga tayinlanishidan avval Erkin Muxitdinov Ekologiya vazirligidagi o‘rmon, biologik siyosat va ekoturizm departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.