O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Baxtiyor Saidov Qozog‘iston elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi

UzDaily tahririyati · 28.07.2026 · 11:45 · 27 views
Baxtiyor Saidov Qozog‘iston elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi

Baxtiyor Saidov Qozog‘iston elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 27 iyul kuni Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tug‘janovning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida Baxtiyor Saidov O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yuqori darajada ekanini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilarining o‘zaro ishonchga asoslangan muloqoti va siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanmoqda.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini yana-da oshirish, sanoat kooperatsiyasi va mintaqalararo aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Transport va logistika sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Baxtiyor Saidov Yerali Tug‘janovga O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini bajarishda muvaffaqiyat tiladi.