Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston parlament delegatsiyasi Serbiyaga tashrif buyuradi
Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston parlament delegatsiyasi Serbiyaga tashrif buyuradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 2-4-iyun kunlari Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlament delegatsiyasi Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan boʻladi.
Tashrif doirasida Parlamentlararo ittifoq tomonidan Belgrad shahrida tashkil etiladigan Parlamentlarning ayol aʼzolari global konferensiyasida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Senat Raisining Serbiya Respublikasining davlat organlari va parlament vakillari bilan uchrashuvlari nazarda tutilgan.
Tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Serbiya Respublikasi Xalq yigʻilishi oʻrtasida parlamentlararo hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.