O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi

Dilafro'z Niyazova · 21.08.2025 · 23:32 · 1171 views
Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi
Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilgi dzyudo bo‘yicha Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi — u qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda sportchining turmush o‘rtog‘i, taniqli o‘zbek dzyudochisi Azamat Matyakubov o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.

Qiziq jihati shundaki, farzandning tug‘ilishi ularning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tganiga uch yil to‘lgan sanaga to‘g‘ri kelib, yosh oilaning hayotida yangi sahifa ochdi.