Oʻzbekiston va TIKA farmatsevtika sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va TIKA farmatsevtika sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va TIKA farmatsevtika sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 5 dekabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Turkiya Hukumatining rasmiy xalqaro hamkorlik agentligi - TİKA (Turkish Cooperation and Coordination Agency) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TİKA - taʼlim, sog‘liqni saqlash, texnologiya va iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlarida keng ko‘lamli xalqaro loyihalarni amalga oshiradigan nufuzli tashkilot bo‘lib, dunyo miqyosida qo‘llab-quvvatlash dasturlari bilan tanilgan.

Uchrashuv davomida farmatsevtika sohasidagi kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, talabalar va mutaxassislar almashuvi, Turkiyada stajirovkalar tashkil etish, AI va raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, R&D va sifat nazorati standartlarini xalqaro mezonlarga moslashtirish, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini yana-da oshirishga qaratilgan innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etish.

Tomonlar O‘zbekistonda kadrlar malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini kengaytirish va yuqori sifatli dori vositalari ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling