O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Ruminiya logistika va savdoni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily · 18.06.2026 · 17:00 · 26 views
Oʻzbekiston va Ruminiya logistika va savdoni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ruminiya logistika va savdoni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov V Toshkent Xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Ruminiyaning sobiq tashqi ishlar va transport vaziri, shuningdek, O‘zbekistonning Ruminiyadagi faxriy konsuli Ramona Manesku hamda Ruminiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Chobanu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, innovatsiyalar, farmatsevtika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratilib, Konstansa portining tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish, O‘zbekiston va Ruminiya hududlarida logistika markazlari (xablar) hamda qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

UzDaily · 👁 26 views · 18.06.2026 · 17:00