O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Qatar farmatsevtika investitsiyalari boʻyicha muloqot oʻrnatdi

UzDaily · 21.06.2026 · 17:40 · 26 views
Oʻzbekiston va Qatar farmatsevtika investitsiyalari boʻyicha muloqot oʻrnatdi

Oʻzbekiston va Qatar farmatsevtika investitsiyalari boʻyicha muloqot oʻrnatdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 19 iyun kuni Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Qatar Davlati biznes doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada shakllantirilgan qulay investitsiya muhiti hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida maʼlumot berildi.

Muzokaralar chog‘ida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, kontrakt ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar, nutritsevtika, kosmetika mahsulotlari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlarga mamlakatimizdagi farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari, eksport salohiyati, mahalliylashtirish dasturlari hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar taqdim etildi.

Qatar delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va tarmoq islohotlarini yuqori baholab, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda o‘rganish hamda amaliy muloqotlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

UzDaily · 👁 26 views · 21.06.2026 · 17:40