Oʻzbekiston va Norvegiya siyosiy maslahatlashuvlarining yangi bosqichini oʻtkazdilar
Oʻzbekiston va Norvegiya siyosiy maslahatlashuvlarining yangi bosqichini oʻtkazdilar
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 1-iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Norvegiya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov, Norvegiya delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Eyvind Vad Petersson boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda oʻzaro manfaatli boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, ikki mamlakatning tegishli vazirliklari hamda kompaniyalari oʻrtasida tashriflar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Maslahatlashuvlar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.