O‘zbekiston Bosh vaziri Qirg‘izistonga amaliy tashrif bilan keldi
O‘zbekiston Bosh vaziri Qirg‘izistonga amaliy tashrif bilan keldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 2026 yil 22 iyun kuni amaliy tashrif bilan Qirg‘iz Respublikasiga keldi.
“Issiqko‘l” xalqaro aeroportida O‘zbekiston hukumati rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qasimaliyev kutib oldi.
Tashrifning asosiy dasturi 23 iyun kuniga rejalashtirilgan. Abdulla Aripov va Adilbek Qasimaliyev hamraisligida Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar tor va kengaytirilgan tarkiblarda o‘tkaziladi. Uchrashuvlar davomida tomonlar davlatlararo hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini batafsil ko‘rib chiqadilar.
Komissiya ishi yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.