O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Rossiyadan olti yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

UzDaily tahririyati · 02.07.2026 · 17:00 · 30 views
Rossiyadan olti yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyadan olti yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyada ota-onasi deportatsiya qilinganidan so‘ng qarovsiz qolgan Farg‘ona viloyatilik olti yoshli bola Migratsiya agentligi ko‘magida O‘zbekistonga sog‘-omon qaytarildi.

Xabar qilinishicha, Abubakr ismli bola ota-onasi Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgani sababli deportatsiya qilingach, Moskva shahrida yolg‘iz qolib ketgan. Uni vatanga qaytarish masalasi hal etilgunga qadar qo‘shnilari qaramog‘ida bo‘lgan.

Mavjud vaziyat haqida maʼlumot olingandan so‘ng, Migratsiya agentligining Farg‘ona viloyati filiali hamda idoraning Moskvadagi vakolatxonasi zarur tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tezkorlik bilan amalga oshirdi.

Olib borilgan ishlar natijasida bola aviakompaniya xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi va o‘z yaqinlariga topshirildi.