O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Myanma qoʻshma biznes-forumga tayyorgarlik koʻrmoqda

UzDaily tahririyati · 17.07.2026 · 13:15 · 84 views
Oʻzbekiston va Myanma qoʻshma biznes-forumga tayyorgarlik koʻrmoqda

Oʻzbekiston va Myanma qoʻshma biznes-forumga tayyorgarlik koʻrmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 16 iyul kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Myanma Ittifoqi Respublikasi Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (UMFCCI) Bosh kotibi Xine Xine Nve boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda avgust oyida Myanma delegatsiyasining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifi doirasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston–Myanma biznes-forumi hamda unga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. Forumda 50 nafarga yaqin Myanmaning yetakchi kompaniyalari va biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Muzokaralar davomida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, poyabzal ishlab chiqarish, farmatsevtika, elektrotexnika, zargarlik, kimyo sanoati, turizm, tibbiyot va taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi.

Myanma tomoni O‘zbekistonning investitsiya muhiti, zamonaviy sanoat infratuzilmasi hamda ishlab chiqarish salohiyatini yuqori baholadi. O‘zbekiston tomoni esa mamlakatimizni MDH davlatlari bozoriga, Myanmani esa ASEAN mamlakatlari bozoriga chiqishda o‘zaro manfaatli hamkorlik platformasi sifatida rivojlantirish imkoniyatlarini taʼkidladi.

Yakunda tomonlar tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, tarmoq uyushmalari hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Myanma Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi.