O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

O‘zbekiston banklaridagi depozitlar 460,6 trln so‘mga yetdi

UzDaily tahririyati · 11.07.2026 · 09:35 · 27 views
O‘zbekiston banklaridagi depozitlar 460,6 trln so‘mga yetdi

O‘zbekiston banklaridagi depozitlar 460,6 trln so‘mga yetdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank maʼlumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 iyun holatiga O‘zbekiston tijorat banklaridagi jami depozitlar hajmi 460,6 trillion so‘mni tashkil qildi.

Davlat ulushi mavjud banklarda 239,5 trillion so‘m yoki bank sektori depozitlarining 52 foizi joylashtirilgan. Qolgan banklar hissasiga 221,1 trillion so‘m yoki 48 foiz to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha xususiy banklar davlat ishtirokidagi banklarga deyarli tenglashgan.

Eng katta depozitlar hajmini O‘zmilliybank jalb qildi. Bankdagi depozitlar 55,3 trillion so‘mni yoki umumiy ko‘rsatkichning 12 foizini tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinni 46,2 trillion so‘m (10 foiz) bilan Kapitalbank egalladi. Bu davlat ulushi mavjud bo‘lmagan banklar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Keyingi o‘rinlarda Agrobank 41,8 trillion so‘m (9,1 foiz), O‘zsanoatqurilishbank 35,5 trillion so‘m (7,7 foiz) va Xalq banki 30,9 trillion so‘m (6,7 foiz) bilan joylashdi.

Eng kam depozitlar hajmi Saderat bankda qayd etildi — 51,3 milliard so‘m. Shuningdek, Open bankda depozitlar hajmi 129 milliard so‘m, Madad invest bankda 238,2 milliard so‘m, Poytaxt bankda 267,1 milliard so‘m va AVO bankda 622,9 milliard so‘mni tashkil qildi.