Oʻzbekiston va Milliy sarimsoq yetishtiruvchilar uyushmasi memorandum imzoladi

Oʻzbekiston va Milliy sarimsoq yetishtiruvchilar uyushmasi memorandum imzoladi

Oʻzbekiston va Milliy sarimsoq yetishtiruvchilar uyushmasi memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Milliy sarimsoq yetishtiruvchilar uyushmasi mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va sarimsoqchilikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mamlakatimizda yuqori hosildor va eksportbop sarimsoq navlarini yetishtirish, Rossiya seleksiyasiga mansub navlarni mahalliy sharoitda ko‘paytirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni tatbiq etish hamda fermerlar o‘rtasida tajriba almashinuvini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sarimsoqni chuqur sanoat qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish, eksport geografiyasini kengaytirish, mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlash, agro-kontraktatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish hamda xomashyo bazasini shakllantirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Fermerlar uchun seminarlar, “dala kunlari” va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish orqali bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan Memorandum imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling