O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

UzDaily · 11.12.2025 · 16:40 · 1490 views
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 10 dekabr kuni Janubiy Koreyaning nufuzli Hanyang Universiteti va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

farmatsevtika sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar;

professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar almashinuvi;

talabalar uchun ilmiy-amaliy dasturlar;

innovatsion ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish;

kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan maxsus o‘quv dasturlari.

Tomonlar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

UzDaily · 👁 1490 views · 11.12.2025 · 16:40